O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Terma jamoalar markazi 2009-yilda tashkil qilingan va o‘sha yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
Kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan arizalar terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e’lon chiqgan vaqtdan boshlab 2 oy davomida qabul qilinadi.