10-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Punktlarning ochilish sanasi hozircha noma’lum.
Foto: Kazakistan Haber
“Oq oltin – Selinniy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining ochilishi M-39 yo‘lining Qozog‘iston hududidagi qismidan foydalanishga imkon beradi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyevning 22-23-mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida diplomatik kanallar orqali O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida ikki davlat chegarasidan o‘tkazish punktlariga doir Bayonnoma imzolangan edi.