O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi

Bugun, 9-iyun kuni Qozog‘istonda EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi “Kelajak energiyasi” deb nomlangan. Energiya iste’moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada dunyo hamjamiyati tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston faol ishtirok etayotgangani ekspertlar tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan.

O‘zbekiston pavilyonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu yerda quyosh, shamol va suv, ya’ni kelajak energiyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston pavilyonidan o‘rin olgan quyosh energiyasi stendi 2030-yilda avtomabillarni quyosh nuri yordamida qanday quvvatlantirish mumkin ekani amalda namoyish etilmoqda va bu ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Umumiy maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etgan ikkinchi qavatda O‘zbekistonning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, milliy taomlarimiz namoyish etilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog