O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

© Norma.uz

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri O‘zbekiston mahsulotlarini Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo davlatlar bozorlariga chiqarishda standartlarning ahamiyati bo‘ldi. Shuningdek, milliy qonunchilikni takomillashtirish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish, OTB tomonidan texnik yordam va grantlar ajratish, hamda texnik tartibga solish sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Yevropa imtiyozlar tizimi GSP+ masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Agentlik zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish rejalari bilan tanishtirdi. Bu laboratoriyalar “yashil” energetika rivojlanishi, qurilish materiallari sifati, elektrotexnika va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog