O‘zbekiston Nepal bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

26-yanvar kuni Nyu-Yorkda (AQSh) O‘zbekiston va Nepal Federativ Demokratik Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Korrespondent Uzbekistan 72
Foto: istockphoto.com

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston va Nepalning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari imzoladilar, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Hujjatda qayd qilinishicha, «O‘zbekiston Respublikasi va Nepal, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tushunish, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash niyatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa rioya etgan holda, 1961-yil 18-apreldagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1963-yil 24-apreldagi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi bandlariga muvofiq diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qildi».

Nepal O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 134-davlat bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog