O‘zbekiston Milliy universiteti: ta’lim sifatini oshirishdagi yangi marralar

Yurtimizdagi otaxon dorilfunun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mamalakatimizdagi barcha sohalar uchun kadrlar tayyorlab beradi. Universitet tashabbusi bilan muntazam amalga oshirilib kelinayotgan loyihalarning ham barchasi amaliy ahamiyatga ega. Bevosita O‘zMU rektori loyihasi asosida tashkil etilgan navbatdagi tashabbus ham barchani, ayniqsa, maktab va akademik litsey bitiruvchilarni mamnun qildi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Universitetning barcha fakultetlarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unga umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari o‘qituvchilar va ota-onalar hamrohligida tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, dars jarayonlari va o‘qitish tizimi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Kasb tanlash arafasida turgan yoshlar, ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi ma’muriyati va ota-onalar kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Kreativ formatda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da o‘quvchilar o‘zlarini universitet talabalaridek his qilishdi: ma’ruzalarda ishtirok etishdi, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishdi, O‘zMU professor-o‘qituvchilaridan saboq olishdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

 – Bugun tanlagan kasbimiz istiqbolimizni belgilaydi, deydi O‘zMU qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litsey o‘quvchisi Sherzod Sharifov. Shu bois, universitetning barcha fakultetlarida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”ga alohida qiziqish bilan keldik. O‘ylaymanki, bugungi tadbir orqali porloq kelajagimizga asos bo‘ladigan munosib kasbni tanlaymiz.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Fikr bildirish

Latest from Blog