O’zbekiston meva va sabzavotlari Koreyaga eksport qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Koreya Respublikasi hamda O’zbekiston ishbilarmon doira vakillari o’rtasida biznes-forum davom etmoqda.

Foto: Kun.uz

Biznes-forumda “O’zbekoziqovqatxolding” XK rahbari Tohirjon Jalilov va Koreya Respublikasining CIELIE Co. kompaniyasi o‘rtasida dukkakli ekinlar, gilos va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va yetkazib berish bo’yicha bitim imzolandi.

Qiymati 22 million dollarni tashkil etadigan ushbu kelishuvning 2 million dollari oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga safarbar etilsa, gilos va dukkakli maxsulotlar eksporti bo‘yicha  20 million dollar miqdorida shartnoma imzolandi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan.

Latest from Blog