O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchun taklif qabul qilish 1-avgust soat 00:00 da to‘xtatildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyul kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandiva muhokama uchun dastlab 10 kun ajratilgan edi. Deputatlar bu muddat yetarli emas deb topdi va yana 10 kun muddat qo‘shildi. Keyinroq qonun loyihasi muhokamasini 1-avgustgacha uzaytirishga qaror qilindi.
“Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi komissiya matbuot xizmati xabarida.