22-noyabr kuni Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi Norma.uz.
Nizom bilan O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish paytida naqd xorijiy valyutani qabul qilishning yangilangan tartibi belgilandi.
Endilikda naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda:
- aviakompaniyalar va ularning agentlari tomonidan sotiladigan aviachiptalar;
- bojxona yig‘imlari;
- xorijiy hamkorlarning O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mahalliy turistik operatorlar orqali ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar;
- kichik biznes korxonalari tomonidan o‘zi ishlab chiqargan eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
- ekspeditor, tashuvchi va kirakash (fraxtchi) tomonidan jismoniy shaxslarga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan yuk tranziti, tashilishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish paytida tashish va charter (fraxt);
- xorijiy valyutadagi bank operatsiyalari bo‘yicha vositachilik haqini to‘lashda;
- mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda respublikada doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi operatsiyalarni ilgarigidek xorijiy valyutada amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi:
- kreditlar bo‘yicha muddatli va kechiktirilgan qarzlarni hamda ular bo‘yicha xorijiy valyutadagi foizlarni so‘ndirish;
- yuridik shaxslarning ustav fondiga badal to‘lashda;
- banklarda omonatlarga pul mablag‘larini kiritishda;
- xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan pul mablag‘larini kiritishda;
- sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishda;
- xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining konsullik xizmatlari uchun;
- boj to‘lamasdan savdo qiladigan do‘konlardagi hisob-kitob operatsiyalari;
- xalqaro tashishlar paytida transport vositalarining borish yo‘lida yo‘lovchilarga tovarlar va xizmatlar sotilganda.
Naqd xorijiy valyutani qabul qilish (oxirgi ikkita pozitsiyadan tashqari) tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat 22.11.2017 yilda kuchga kirdi.