«O‘zbekiston havo yo‘llari»da qimmat biletlar va yangi rahbar

Ulug‘bek Ro‘zuqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi. Baxtiyor Hakimov yangi bosh direktor lavozimiga tayinlandi.Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

SAMOLYOT 2
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Baxtiyor Hakimov bunga qadar bosh direktorning birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ishlagan. Ulug‘bek Ro‘zuqulov bu lavozimga o‘tgan yilning avgustida rahbarlikka tayinlangan edi. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Oqto’bedagi fojiadan so’ng milliy aviakompaniyaning biletlari qimmatligi haqidagi e’tirozlar ijtimoiy tarmoqlarda eng ko’p muhokama etilayotgan mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. Yangi tayinlov bu mavzuga qanchalik aloqador?!

Shuningdek, Ulug‘bek Ro‘zuqulov «O‘zavtosanoat»ini boshqarganida ham milliy avtomobillarning mamlakat ichida narxlarning qimmatligi juda ko‘p munozaralarga sabab bo‘lardi. Bu masala hali ijobiy tomonga siljigani sezilganicha yo‘q.

MAK saytida bu yangi tayinlov haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Fikr bildirish

Latest from Blog