“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkentdan Olmaota va Ostona shaharlariga qo‘shimcha reyslarni joriy etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant.uz” xabar berdi.
4-dekabrdan boshlab Toshkent—Olmaota—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarning yettinchi chastotasi joriy etiladi. Parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentdan samolyot 15:10 da uchadi, Olmaotaga 17:40 da yetib boradi. Reys ortga 18:40 da uchib, 19:20 da Toshkentga yetib keladi.
2018-yilning mart oyidan boshlab esa Ostonaga uchadigan reyslarning to‘rtinchi chastotasi kiritiladi. Parvozlar yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Reyslar Airbus A-320 laynerlarida amalga oshiriladi.