“O‘zbekiston havo yo‘llari” Barselonaga reys ochmoqchi. Sayyohlik kompaniyalari Skandinaviyaga qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda

Sayyohlik kompaniyalari “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga parvozlar geografiyasini kengaytirish va Skandinaviya, BENILYuKS, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari va Polshaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslarni ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Spot.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Spot.uz”

Sayyohlik kompaniyalari va aviakompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda reyslar jadvali, tariflar va 2018-yil uchun yangi mavsumiy yo‘nalishlar muhokama qilingan.

Yig‘ilishda 2018-yilda Mumbay (Hindiston), Barselona (Ispaniya) va Birmingem (Buyuk Britaniya) yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslarni ochish masalasi ishlab chiqilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Aviakompaniya vakillarining qo‘shimcha qilishicha, Toshkent bilan Samarqand, Istanbul, Termiz shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog