O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi haqida ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, 3-noyabrda esa – Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17-22 m/s.ga (60-80 km/s) qadar kuchayishi kutilmoqda.
FVV fuqarolardan kuchli shamol chog‘ida ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan.