O‘zbekiston elchixonasi Rossiyada sayyor qabullar o‘tkazishdi

O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan 5-iyul kuni bo‘lajak O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘zbekistonliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik doirasida Rossiyaning Astraxan viloyatidagi vatandoshlar bilan sayyor qabullar tashkillashtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sputnik Узбекистан

Doimiy yashovchi o‘zbekistom fuqarolari, mehnat muhojirlari hamda Astraxanning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Noqonuniy migratsiya, odam savdosi, diniy ekstremizm, terroristik faoliyatga qo‘shilishning oldini olishga bog‘liq muammolar va boshqa masalalar muhokama qilindi. Yashab turgan davlat qonunlariga so‘zsiz rioya etish va o‘z hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan saqlash zarurligi ta’kidlandi.

Sayyor konsullik qabuli davomida fuqarolik, vatanga qaytish sertifikati va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishga oid turli masalalar bo‘yicha 51 ta hujjat ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Diplomatlar Astraxan shahridagi chet-el fuqarolarini vaqtinchalik ushlab turish markazida ham bo‘ldilar va mazkur muassasa rahbariyati, shuningdek, bu yerdagi O‘zbekiston fuqarolari bilan ushrashdilar hamda ushbu markazdagi sharoitlar bilan tanishdilar. Muassasa ma’muriyati bilan muzokaralar natijasida qo‘lga olingan fuqarolar hujjatlarini rasmiylashtirishda hamkorlik mexanizmini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ilgariroq «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan toshiriqlarni bajarish maqsadida Rossiyaning Rostov viloyati va Krasnodar o‘lkasida sayyor qabullar o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda Moskva shahridan uzoqda bo‘lgan Rossiyaning boshqa mintaqalariga ham konsullik bo‘limi xodimlari safar qilishlari rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog