O‘zbekiston delegatsiyasi islom diniga oid xalqaro anjumanda qatnashish uchun Bokuga jo‘nab ketdi

20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Rustam Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va bir necha ulamolardan iborat delegatsiya Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarbayjonda 2017-yilga “Islom birdamligi yili” deb nom berilgani munosabati bilan ushbu davlat tashabbusi bilan qator ma’rifiy yig‘inlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Yil davomida amalga oshirilgan tadbirlarning yakuni sifatida 21—22-dekabr kunlari Ozarbayjon davlatining poytaxti Boku shahrida “2017 yil – islom hamjihatligi yili: dinlararo va madaniyatlararo muloqot” nomli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Unda 40 dan ortiq davlatlardan 200 ga yaqin din peshvolari, ulamolar, olimlar, muftiylar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Latest from Blog