O‘zbekiston delegatsiyasi Inson mezonlari bo‘yicha YXHT Yillik kengashida ishtirok etmoqda

Joriy yil 10−12 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari S.Ortiqova boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi inson mezonlari bo‘yicha YXHTning Yillik kengashida ishtirok etmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Gazeta.uz

Inson mezonlari sohasidagi majburiyatlarni bajarish tahlili bo‘yicha YXHT kengashi Yevropada inson huquqlari va demokratiya sohasidagi eng yirik yillik tadbir hisoblanadi.

Delegatsiya a’zolari demokratik institutlarga, shu jumladan milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalardagi demokratiyaga hamda demokratik saylovlarga bag‘ishlangan ishchi sessiyada ishtirok etadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog