O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 1-2-dekabrda O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda kuchli yomg‘irlar qorga aylanishi, shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

VFL.RU - ваш фотохостинг
Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

2-3-dekabrda esa havo harorati keskin pasayishi prognoz qilinmoqda: kechasi harorat minus 5-10 gradus sovuq, kunduzi -2 dan +3 gradusgacha bo‘ladi. O‘zbekistonning shimoliy qismida kechasi harorat minus 7-12 gradusgacha, kunduzi esa minus 2-7 gradusgacha pasayadi.

Kechasi minus 5-10 gradus va kunduzi -2 dan +3 gradusgacha sovuq harorat 7-dekabrgacha saqlanib qoladi.

Toshkentda 1-dekabrda kechga yaqin qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 gradus, kunduzi esa 3-5 gradus iliqni tashkil qiladi.

Latest from Blog