O‘zbekiston arab mintaqasida turistik salohiyati targ‘ibotini kuchaytiradi

1

Oʻzbekiston bosh konsulxonasida 2024-yilda mamlakatimiz turistik salohiyatini arab mintaqasida targʻib qilish boʻyicha ishchi reja tuzib olindi.

BAAda muqim istiqomat qilib kelayotgan oʻzbekistonliklar orasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda vakolatxonaning ustuvor yoʻnalishlarida hamkorlikni davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston bosh konsulxonasida faol vatandoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Dunyo” xabariga koʻra, suhbat chogʻida uzoq yillar davomida oʻzining yirik xususiy turistik kompaniyasiga ega boʻlib, ushbu korxonani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan oʻzbekistonlik tadbirkor bilan 2023-yil yakunlari boʻyicha bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar, shu jumladan turizm yoʻnalishida amalga oshirilgan tadbirlarning sarhisobi qilindi.

Bugungi kunga kelib mamlakat koʻplab rivojlangan davlatlar, shu qatori BAA bilan oʻrnatilgan mustahkam aloqalarning ijobiy natijasi sifatida ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlik jadallashib bormoqda. Shu munosabat bilan soʻnggi 4-5 yil ichida Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni bir necha baravarga (haftasiga 46 reys) oʻsdi. Ushbu koʻrsatkichlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish bosh konsulxonaning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan.

Uchrashuv yakunida kirib kelayotgan 2024 yilda vakolatxona rahnamoligida BAAdagi oʻzbekistonliklarga tegishli boʻlgan kompaniyalar imkoniyati bilan mamlakat turistik salohiyatini arab mintaqasida targʻib qilish ishlari muhokama etilib, ishchi reja tuzib olindi.

1 Comment

Fikr bildirish

Latest from Blog