O‘zbek adabiyotining 20 ta sara asari ingliz tiliga o‘giriladi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zbek adabiyotining eng sara yigirma asari” mavzusida badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov – ijtimoiy loyihasini e’lon qildi.

books

Tanlov 2018-yilning mart oyiga qadar davom etadi. Zarur hujjatlar va badiiy tarjima asarlardan namunalar 2018-yilning 25-fevraligacha qabul qilinadi.

Tanlov shartlari:

Tanlovga muqaddam chet tiliga tarjima qilinib, chop etilgan asarlar taqdim etiladi (5-10 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak).

Tarjimonning badiiy tarjimasi chet tilida nashr etilmagan bo‘lsa, u holda o‘zbek tilidagi badiiy asardan 5-10 sahifa ixtiyoriy ravishda chet tiliga o‘girib jo‘natishi kerak.

Badiiy tarjima asarlar asl nusxada yoki ko‘chirma nusxada taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

– muallif haqida ma’lumotnoma (obyektivka);

– muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;

– pasport nusxasi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, “O‘zbek adabiyotining eng sara yigirma asari” tanlovi g‘oliblari bilan Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanadi va tarjimonlar tomonidan o‘zbek tilidan chet tiliga o‘girilgan badiiy asarlar uchun qalam haqi to‘lanishi kafolatlanadi. Shuningdek, g‘olib tarjimonlar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida tashkil etiladigan “The book of the Sun” xalqaro tarjimonlar markazi a’zoligiga qabul qilinadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog