“O‘zavtosanoat” Qozog‘istonda avtomobil sanoatini rivojlantirishga yordam beradi

“O‘zavtosanoat” AJ Qozog‘istonning Allur Group kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “O‘zavtosanoat”

Hujjat “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Yusupov va Allur Group biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Yuriy Afanasyev tomonidan imzolandi.

Shuningdek, Allur Group “O‘zavtosanoat” bilan hamkorlikda Qozog‘iston bozoridagi xaridlar hajmini oshirish borasida uzoq istiqbolli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqayotgani aytildi.

Memorandum savdo, savdo-vositachilik, tovar ayirboshlash operatsiyalarining o‘tkazilishini, qo‘shma eskport-import loyihalarini, axborot almashishni va xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, tomonlar Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan avtomobillar modellarini ko‘paytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Latest from Blog