Murodov Otabek Baxritdinovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
2018-yil 31-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5320-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 bandiga muvofiq Otabek Baxritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.