Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston uchun 2,3 mlrd dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki 2018-2022-yillar uchun Oʻzbekistonga 2,29 milliard dollar kredit ajratadi. Bu haqda OTB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Foto: Asian Development Blog

Bank moliya muassasasining oddiy kapital resurslaridan uch yil davomida 1,54 milliard dollar, Osiyo taraqqiyot fondining imtiyozli mablagʻlaridan 750 million dollar yoʻnaltiradi.

OTBning maʼlum qilishicha, kredit mablagʻlarining 750 million dollarini Oʻzbekiston energetika sohasini modernizatsiya qilishga (issiqlik va gidroelektrostantsiyalarni hamda elektr uzatish liniyalarini rekonstruktsiya qilish) ajratish rejalashtirilgan. Transport infratuzilmasi va suv taʼminoti tizimi qurilishiga 790 million dollardan ortiq mablagʻni yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

Latest from Blog