O‘sh bozorida yuzdan ortiq do‘kon yonib ketdi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi O‘sh bozorida 118 ta savdo nuqtasi yonib ketdi, deb yozadi KNews respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Foto: KNews

Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, “Seytek” bozorida 108 ta, “Bereket Plyus” bozorida esa 10 ta savdo nuqtasi alanga ichida qolgan.

Umumiy yong‘in maydoni 3,5 ming kvadrat metrni tashkil qilgan. Ayni paytda yong‘in sabablari va moddiy zarar summasi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘sh bozori hududidagi yong‘in 30-yanvar kuni yuz berga.

Fikr bildirish

Latest from Blog