O‘rta Chirchiqda bo‘g‘ib o‘ldirilgan xorazmlik qizning jasadi topildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida sodir etilgan qotillik fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: ToshkentFoto: Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati

19-noyabrda 1998-yili Xorazm viloyatida tug‘ilgan D.A. ism-sharifli qizning murdasi O‘rta Chirchiq tumani, Qorasuv hududidagi ariq ichidan topilgan. Sud-ekspertiza tahlillari qiz bog‘ich bilan bo‘g‘ib o‘ldirilganini ko‘rsatdi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida qotillikda gumon qilinayotgan shaxs aniqlanib, ushlandi. U 1990-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan va kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi X.A. ekani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda Jinoyat Kodeksining 97-moddasi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlarini viloyat prokuraturasi olib bormoqda. Qotillikda gumondorning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Latest from Blog