O‘rta Chirchiqda 33 yashar erkak kelinoyisining taqinchoqlarini o‘g‘irladi. U endi besh yilgacha qamalishi mumkin

O‘rtachirchiq tuman IIBga 2-dekabr kuni 1979-yilda tug‘ilgan D.B. ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, u o‘z arizasida noma’lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan kirib, uyidan umumiy narxi taxminan 1 800 000 so‘m bo‘lgan ayollar tilla uzugi, bir juft tilla ziraklari va tilla brasletini o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining qayinukasi — 1984-yilda tug‘ilgan R.B. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, u ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot uchun, mazkur modda bo‘yicha gumonlanuvchi besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Latest from Blog