Ona 18 yoshli o‘g‘lini IShID uchun yolladi

Toshkentda istiqomat qiluvchi 1999-yilda tug‘ilgan bola onasining ta’siri ostida IShID safiga qo‘shilgan, deya xabar bermoqda Uznews.uz.

Foto: uznews.uz

29-iyun kuni MXX, IIV va prokuratura xodimlari hamkorligidagi «Kompleks» tadbirining o‘tkazilishi chog‘ida 1968-yilda tug‘ilgan ayol o‘zining 18 yashar o‘g‘liga diniy ekstremizm g‘oyalarini singdirib, uni IShID terrorchi guruhi foydasiga yollagani aniqlandi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, «jihodchi» bo‘lishni istagan yigit yashirin yo‘llar orqali O‘zbekistonni tark etib, Iroqqa yo‘l olgan. U yerda o‘smir IShID tarkibiga qo‘shilgan. Lagerda uning onasi yosh ekstremistlarni terror g‘oyalariga o‘rgatib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 244/2-1 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog