Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 26 yoshli piyoda halok bo‘ldi

 


Kecha 5-aprel kuni Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 26 yoshli erkak halok bo‘ldi.

Nuz.uz’ning xabar qilishicha, hodisa 5-aprel 19:40 larda Olmazor tumaning Farobiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 58 yoshli haydovchi «Isuzu» rusumli 472-yo‘nalish marshrut avtobusida piyodani urib yuborgan. Qattiq zarbadan piyoda qarama-qarshi yo‘nalish yo‘liga uchib ketib, Matiz avtomashinasi g‘ildiragi ostida qolgan.

26 yoshli erkak shahar shifoxonalaridan birida vafot etgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog