Olmaliqda Piskent tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan Isroil Olimjonov (ism-shariflar shartli) firibgarlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB xabar bermoqda.
U joriy yil aprel oyida 1993-yilda tug‘ilgan Zuhriddin Narimovning ishonchiga kirib, “foizsiz 5 kun ichida naqdlashtirib beraman” deb, plastik kartada bo‘lgan 24 million so‘mni o‘zlashtirib yuboradi.
Ushbu holat yuzasidan Isroil Olimjonovga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.