Oliy Majlis huzurida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi murojaatnomasida parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan biri boʻlgan davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini koʻrib chiqishga alohida ahamiyat berish zarurligi qayd etildi. Bu ishni yuqori professional darajada yoʻlga qoʻyish uchun Oliy Majlis huzurida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish kerakligi qayd etildi, deyiladi OʻzA xabarida.

Foto: «Gazeta.uz»

Davlat rahbari tomonidan parlament oldiga qo‘yilayotgan yangi vazifalar tizimning yanada samarali ishlashini taqozo etadi. Ayniqsa, umummilliy manfaatlarimizning tub zamini bo‘lgan davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini ko‘rib chiqish bo‘yicha parlament mas’ulligi ushbu hujjatning har jihatdan to‘kis va mukammalligini ta’minlaydi.

Bu ishni yuqori professional darajada yo‘lga qo‘yish uchun yangi tuzilma — Oliy Majlis huzurida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etilishi ushbu sohada mutlaqo yangi qadam bo‘ladi. Shu paytgacha parlament davlat byudjeti loyihasini muhokama qilish, ma’qullash bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lsa, endilikda ushbu hujjatni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog