Odnoklassnikidagi guruh egalari endilikda o‘z obunachilari uchun alohida ilovalar va xizmatlar yaratishlari mumkin. Yangi platforma yordamida har qaysi guruh obunachilarni jalb etish uchun so‘rovnoma, test, mutahassisga yozilish va shunga o‘xshash yangi funktsiyalar va asboblarni qo‘shishi mumkin. Guruhlar bir paytning o‘zida bir necha ilovalarni qo‘shishi mumkin, deya xabar qildi ijtimoiy tarmoqning matbuot xizmati.
Platformada barcha guruhlar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq ilovalar mavjud. Hozirda testlar, so‘rovnomalar o‘tkazish va hayr-ehson uchun mablag‘ yig‘ish imkonini beruvchi ilovalar, hamda Yclients ilovalasi mavjud. Uning yordamida go‘zallik salonlari o‘z guruhlariga usta tanlash va qabulga yozilish funktsiyalarini qo‘shish mumkin. Kelajakda Odnoklassniki platformaga turli hil guruhlar uchun boshqa universal ilovalar yaratuvchilarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Guruhlarda faqat o‘z obunachilari uchun yaratadigan yopiq turdagi ilovalar ham mavjud. Hususan, DOC+ xizmati ilovasi xizmat guruhida joylashgan bo‘lib, u shifokor chaqirish va mutaxassis bilan onlayn-konsultatsiya o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Odnolassnikining veb ko‘rinishida ilovalari guruh yangiliklari tasmasi ustidagi birinchi blokda tez o‘tish uchun “Boshlash” tugmasi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Ilovalarga ijtimoiy tarmoqning iOS va Android tizimlari uchun yaratilgan ilovasi orqali ham kirish mumkin. Ilovalarni boshqarish faqatgina OKning veb ko‘rinishi orqali amalga oshiriladi.
Ilovalarni yaratish OKdagi standart ilovalar va o‘yinlar yaratishga o‘xshaydi. Ilovangizni moderatsiyadan o‘tkaningizdan so‘ng chop eta olishingiz mumkin. Ilovani platformaga qo‘shishni “O‘yinlar” bo‘limidan amalga oshirish mumkin. Buning uchun yaratuvchi huquqini olish, “Mening yuklanmalarim” bo‘limiga o‘tish va “Ilovani qo‘shish” tugmasini bosish kerak. Odnoklassnikida ilovalarni yaratish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar apiok.ru saytida joylashtirilgan.
Sergey Stavskiy, Odnoklassniki loyihasining “Guruhlar” yo‘nalishi rahbari:
– Ilovalar uchun platforma brendlarga, kontent yaratuvchilarga, do‘konlarga va boshqa guruh egalariga obunachilarga qiziq bo‘lgan har qanday yangi xizmatni qo‘shish imkoniyatini beradi. Shu sababli guruh ma’muriyati auditoriyaning har qanday extiyojlarini qondirish va o‘z kontentini maxsus funktsiyalar, xamda ommaviy xizmatlar bilan to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.
Semen Boyarskiy, Odnoklassniki loyihasining biznesni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha menedjeri:
– Guruhlar uchun ilovalar – bu reklama beruvchilar uchun yangi imkoniyatlar demakdir. Ijtimoiy tarmoq ichida o‘z ilovalarini yaratish va targ‘ib qilish orqali foydalanuvchi harakatlari sonini kamaytirish va konversiya ko‘rsatkichini yaxshilash mumkin bo‘ladi. Moderatsiyadan o‘tgan va tanlab olingan ilovalar xizmatlarga to‘lovni amalga oshirish uchun OKga bog‘langan kartalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa to‘lash qobiliyatiga ega auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochib beradi.