OAV Pavel Durovning doimiy yashash joyini aniqladi


«Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘i hamda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov doimiy yashash uchun Finlandiyaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda «Izvestiya» nashri Telegram Messenger LLP kompaniyasining hisobotlarida keltirilgan ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Hujjatlarga ko‘ra, Durov Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Kis va Nevis davlatining fuqarosi hisonlanadi. U hujjatda kompaniyaning nazoratchisi sifatida ko‘rsatilgan.

Durovning Sent-Kis va Nevis fuqaroliginin olganligi 2014-yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi. U fuqarolik pasportini olish uchun 250 ming dollar to‘lagan. Italyaning Repubblica gazetasiga bergan intervyusida Durov, Karib orollariga borish niyatida emasligini bildirgan.

Durov Rossiya Federatsiyasini 2014-yilda, «Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘i aksiyalarini sotishda yuzaga kelgan janjal tufayli tark etgan edi. U intervyularida vataniga qaytib kelish niyatida emasligini aytgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog