“Oʻzbektelekom” bir oyda ikkinchi marta Internet-kanallari tariflarini pasaytirdi

“Oʻzbektelekom” AK bir oyda ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Foto: FbInside.org

“9-avgust kuni “Oʻzbektelekom” AK bosh direktori v.v.b Shuhrat Kadirov tomonidan mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun Uztelecom Internet-kanallari tariflarini 176 682 soʻmdan 169 065 soʻmgacha pasaytirish toʻgʻrisida qaror imzolandi”, – deyiladi xabarda.

Bundan avval tariflarning pasayishi 19-iyul kuni eʼlon qilingan. Unga koʻra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 soʻmdan 176 682 soʻmgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashishi 31% ni tashkil etdi.

Eslatib oʻtilishicha, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi isteʼmolchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog