Joriy yilning o‘n oyi mobaynida 4,4 million sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 barobar ko‘pdir.
18 mamlakat uchun viza rejimini joriy etish, 50 mamlakat fuqarolari uchun
kirish vizasini olish tartibining soddalashtirilgani, 101 mamlakat uchun tranzit vizalarini joriy etish O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun muhim turtki bo‘ldi.
Bugun bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurati bor. Shu yilning 19-21-noyabr kunlari «O‘zekspomarkaz»da turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum o‘tkaziladi. Forumda 48 mamlakatdan 300 nafardan ziyod vakil ishtirok etadi. 16 mamlakatdan 30 dan ortiq OAV vakillari jalb etiladi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan 500 dan ortiq investitsiya loyihalari, jumladan «Chorvoq» erkin turistik zonalari, Samarqand city, «Qadimiy Buxoro», Surxondaryo viloyatidagi kichik sayyohlik hududlari hamda «Olmazor City» va «Farg‘ona yo‘li» loyihalari taqdim etiladi.