Oʻzbekistonda «Turizm olami» jurnali nashrdan chiqarildi

Oʻzbekistonda «Turizm olami» jurnali nashrdan chiqarildi, deb xabar qilindi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saytida.

Foto: “Korrespondent Oʻzbekiston”

Har chorakda chop etiladigan jurnalning maqsadi – Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid ilmiy, amaliy va tahliliy maʼlumotlar bilan bir qatorda, mamlakatning turistik yoʻnalishida ochilmagan qirralarini ommalashtirish.

Respublikaning turistik salohiyatini horijda keng targʻib qilishga qaratilgan ushbu jurnal oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

«Jurnal keng jamoatchilik bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, xorijiy mamlakatlar va halqaro tashkilotlarning yurtimizda faoliyat olib borayotgan vakolatxonalarida tarqatiladi», — deyilgan xabarda.

Jurnalning 2017-yil uchun obuna narxi — (1, 2, va 3-sonlari uchun) pul oʻtkazish yoʻli bilan 60 000 sumni tashkil etadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog