Oʻzbekistonda naqd dollar qachondan sotiladi?

Banklar tomonidan naqd valyutani sotishni tashkil qilish kunning dolzarb masalasi qatoridan oʻrin olgan, deb maʼlum qilingan Markaziy bankda oʻtkazilgan valyutani tartibga solish va monetar siyosat mavzuidagi brifingda.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Brifing davomida valyutani tartibga solish va toʻlov balansi Departamenti rahbari Bobir Abubakirov «qora bozor» mavjud boʻlishi uchun iqtisodiy sabablar yoʻqligini aytgan va banklar jismoniy shaxslarga chet el valyutasini chegaralanmagan miqdorda sotishini qoʻshimcha qilgan.

Markaziy bank vakillari, banklardan naqd chet el valyutasini xarid qilish imkoniyati mavjud emasligini cheklov sifatida nomlash mumkin emasligini qayd etishdi, deb yozadi Spot nashri.

«Valyutaning konversion kartalarga sotilishini – yuridik jihatdan cheklov tarzida qabul qilish mumkin emas. Qolaversa, prezidentning mart oyidagi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar xarid qilingan valyutani naqd holda chegaralanmagan miqdorda yechib olish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar», — deb aytgan Abubakirov.

U shuningdek, banklar tomonidan naqd valyuta sotilishi masalasi kun tartibidan oʻrin olganligini xabar qilgan. Bu masala valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun yangi tahriri koʻzdan kechirilganidan soʻng koʻrib chiqilishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog