O‘zbekistonda kreditorlarning himoyasi kuchaytiriladi

O‘zbekistonda kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlar takomillashdi, deb yozmoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti 2018-yil 23-noyabrda “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yuritishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan:

  • garov bilan ta’minlanmagan kreditorlar talablarini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritilgan sanaga ko‘ra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu tartib qarzdorning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatiga tatbiq etilmaydi;
  • garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar o‘z talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar;
  • mol-mulkni xarid qilishni uni ta’minot sifatida qo‘yish evaziga moliyalashtirgan kreditor garov reyestriga tegishli yozuvni kiritgan taqdirda, ushbu mol-mulk hisobidan o‘z talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi;
  • navbatdagi garovga qo‘yishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi;
  • garovga qo‘yuvchi tomonidan garov predmetini ijaraga berishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi.

Qaror bilan:

  • shartnomada o‘zgacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga kreditorning ustuvor huquqi tatbiq etiladi;
  • lizing, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar obyekti bo‘lgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun qo‘yilgan mol-mulkka garov uchun belgilangan undiruv qaratish tartibi tadbiq etiladi;
  • yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qo‘yilgan ko‘char mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrug‘i instituti tadbiq etiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog