Oʻzbekistonda avia va temir yoʻl chiptalari arzonlashadi

Aviatsiya va temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari boʻyicha imtiyozli tariflar boʻyicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan, deb xabar qildi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» xizmati.

Foto: www.topticket.online

Bu haqda yoʻlovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolandi.

Hujjat Qozogʻiston Respublikasi Aqtoʻbe viloyatida sodir boʻlgan fojiali voqealar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga koʻra, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yoʻllarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan Oʻzbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish boʻyicha hamkorlik taʼminlanadi.

Borgan mamlakatidagi roʻy bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam koʻrsatish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi soni, shu jumladan, platskart vagonlar ulushini koʻpaytirish, byudjeti past boʻlgan xorijiy avia va temir yoʻl kompaniyalari, shu jumladan, «Rossiya temir yoʻllari» bilan hamkorlik masalalari boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

2018-yilning 1-fevralidan boshlab, yoʻlovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog