O‘zbekistonda 2019-yilgi ish vaqti kalendari tasdiqlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019-yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Norma

Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda 2019-yildagi ish kunlari soni va ish vaqti meʼyori toʻgʻrisida axborot berilgan. Mazkur maʼlumotlar har oy, shuningdek chorak, yarim yillik va umuman bir yil kesimida koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.11.2018-yildagi PF–5574-son Farmoni bilan rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangan va dam olish kunlari koʻchirilgan (sharhga qarang).

“Ish vaqti kalendari” degan norasmiy nomga ham ega boʻlgan, eʼtiborga havola etilayotgan hisob-kitob kadrlar ishini yurituvchi xodimlarga ham, buxgalterlarga ham foydali boʻladi.

Birinchidan, u ish soatlari va kunlari, shuningdek dam olish kunlari soni haqida toʻliq manzarani shakllantiradi. Bu tabelni toʻgʻri yuritish va ish vaqti muvozanatini nazorat qilishda yordam beradi.

Ikkinchidan, korxonada ish vaqti hisobi qoʻshib yuritilsa va har bir xodim uchun uning meʼyori belgilangan hisob davriga (oy, chorak, yarim yillik, yil) qarab aniqlansa, kalendar juda qoʻl keladi.

Uchinchidan, tavsiya etilayotgan hisob-kitobdagi axborotdan ish haqi, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va ish soatlariga bogʻliq boʻlgan boshqa hisoblanmalarni hisoblashda foydalanish mumkin.

2019-yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog