Oʻzbekistonda 2018-yilda elektron viza tizimi ishga tushadi

Ushbu yilning avgust oyiga qadar Oʻzbekistonda elektron vizalar berish jarayoni ishga tushadi.

Foto: www.jeshujohn.com

Yangi tartib sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan. Bundan buyon Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron viza uchun anketadi Internet orqali rasmiylashtirib, unga ijobiy yoki salbiy javob olishlari mumkin boʻladi.

Ushbu ishni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan asbob-uskunalar sotib olish, Oʻzbekistonda amal qilayotgan biometrik pasport tizimi asosida maxsus dasturlar ishlab chiqarish hamda sinovdan oʻtkazish ushbu yilning yoz mavsumi oxiriga qadar amalga oshiriladi”, — deyilgan Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xabarida.

Elektron vizalar sayyohlarga, ularning arizalari asosida Oʻzbekiston aeroportlarida beriladi. Vizalar uchun toʻlovlar Visa vaMasterCard kabi xalqaro plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog