Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara masalasini Andijonda koʻrib chiqadigan boʻldi

2017-yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirgʻiziston Respublikasining Favqulotda va Muxtor Elchisi Doniyar Sidikov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi «Jahon» AA.

Foto: www.youtube.com

«Suhbat chogʻida 2017-yil 21-26-may kunlari Qirgʻizistonning Jalol-Obod shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ishchi guruhlari uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashildi», — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha navbatdagi uchrashuvni Andijon shahrida samarali oʻtkazish masalalari muhokama qilingan.

Fikr bildirish

Latest from Blog