O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Belarus bosh vaziri Sergey Rumas hamkorlik bo‘yicha ikkiyoqlama bitimni imzoladi, deb yozadi Sputnik Belarus hukumati matbuot xizmatiga tayanib.

008 korrespondent uz belarus
Foto: Sputnik

Yo‘l xaritasi doirasida tomonlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

“Tadbirlarning bir qismi gumanitar hamkorlik va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, qardoshlik aloqalarini o‘rnatishga bag‘ishlangan”, — deb aniqlik kiritgan Belarus hukumati matbuot xizmati.

Mamlakatlar o‘zaro oziq-ovqat yetkazib berishni tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Xususan, Belarus tomon solod va shakar eksport qilishga, O‘zbekiston tomon esa quritilgan mevalar hajmini oshirishga tayyorligini bildirgan.

“Meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar o‘zaro savdo hajmi yiliga 10 million dollarga ortishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki davlat sut, dorivorlar, tibbiy anjomlar, mini-traktorlar, velosipedlarni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalarini muhokama qilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog