Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov Xitoyga boradi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Foto: AFP

«2018-yilning 6-7-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tahqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻladi», — deb taʼkidlangan xabarda.

Tashrif dasturiga koʻra XXR Tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkaziladi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog