Oʻzbekiston orol dengizining qurigan hududida 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etmoqchi

Oʻzbekiston prezidenti Oliy Majlisga taqdim etayotgan Murojaatnomasida shu masalaga eʼtibor qaratgan, deb yozadi OʻzA.

Foto: Advantour

Prezident ekologik xavfsizlik, birinchi navbatda, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini qayd etib, Suv xoʻjaligi vazirligiga 2019-yilda mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi lozimligini aytgan.

“Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolboʻyidagi vaziyatni yaxshilash boʻyicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz“, deya taʼkidladi Mirziyoyev.

Orol dengizining qurigan hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog