Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdori eʼlon qilindi

Markaziy bank Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralarini miqdorini maʼlum qildi.

Foto: Kun.uz

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2018-yil 1-yanvar holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 076,9 mln AQSh dollari (xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 042,8 AQSh dollari, monetar oltin — 14 034,1 AQSh dollari), Sof oltin-valyuta zaxiralari — 26 567,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog