O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Shuxrat Xolmuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Korrespondent.uz”ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Prezident farmoni bilan polkovnik Shuxrat Xolmuhammedov o‘rniga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.