O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasining (PA) a’zosiga aylandi. Konventsiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat MDH Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburgdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan imzolandi.
«Biz O‘zbekiston Respublikasining bizning umumiy parlament oilamizga, bizning yig‘ilishimizga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz. MDH parlamentlar oilamiz endi to‘liq bo‘ldi», — dedi so‘zga chiqgan Federatsiya Kengashining raisi Valentina Matviyenko.
Hujjat imzolanganidan so‘ng yig‘ilish xonasiga O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i keltirildi.
MDH PA xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi MDH ishtirokchi davlatlarining qonun hujjatlarini yaqinlashtirishga qaratilgan model qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishdan iboratdir.