«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK shu yilning 5 iyulidan 27 iyuliga qadar yozgi mavsumda talab ortgani munosabati bilan Qozon, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlariga qoʻshimcha reyslar joriy etilganini maʼlum qildi.
Foto: CNN.com
Maʼlumotga koʻra, qoʻshimcha qatnovlar jadvali quyidagicha (barcha qatnovlar mahalliy vaqt bilan koʻrsatilgan):
Toshkent-Qozon-Toshkent — payshanba kunlari:
HY 697 Toshkent 07:30 — Qozon 09:00; HY 698 Qozon 11:00 — Toshkent 16:20.
Qarshi-Sankt-Peterburg-Qarshi — chorshanba kunlari:
HY 639 Qarshi 08:50 — Sankt-Peterburg 12:05; HY 640 Sankt-Peterburg — 13:35 Qarshi 20:30.
Qarshi-Moskva-Qarshi — chorshanba kunlari:
HY 605 Qarshi 21:55 — «Domodedovo» 00:10; HY 606 «Domodedovo» 01:40 — Qarshi 07:40.
Shuningdek, shanba kunlari Toshkent-Ostona-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ham qatnovlar joriy etildi:
HY 721 Toshkent 12:45 — Ostona 15:45; HY 722 Ostona 16:45 — Toshkent 17:45.
Barcha reyslar Airbus A-320 va Boeing V-757 avialaynerlarida amalga oshiriladi.