Xitoy Taypeyida oʻtayotgan Futzal boʻyicha Osiyo chempionati guruh bosqichining dastlabki oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasini yirik hisobda magʻlub etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi boʻlimning oʻzidayoq oʻzbekistonliklar raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritishdi. Ikkinchi boʻlimda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yana 7ta gol kiritishdi. Raqib esa bor-yoʻgʻi ikki marta javob goli kiritdi va yakuniy hisob 13:2 boʻldi.
Gollar: Artur Yunusov (3), Davron Choriyev (7, 8, 13), Farhod Abdumavlonov (11), Ixtiyor Ropiyev (16), Husniddin Nishonov (22), Dilmurod Shavkatov (22), Ilhomjon Hamroyev (25), Dilshod Rahmatov (31), Anasxon Rahmatov (35), Mashrab Odilov (38), Davron Abdurahmonov (40) — Jang Yong Chol (25, 38).