Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ishtirok etadi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 14-21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Korrespondent Uzbekistan 15
Foto: Twitter

Tashrifi davomida delegatsiya Delegatsiya BMT Xavfsizlik kengashi majlisida, vazirlar darajasidagi uchrashuvda va BMT bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan.

“Delegatsiya BMT Xavfsizlik kengashining “Ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning oʻzaro bogʻliq modeli sifatida Afgʻoniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish” mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi”, — deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek, tashrif dasturida delegatsiya aʼzolari ishtirokida Vashington shahrida Oʻzbekiston — AQSh muzokaralarini oʻtkazish ham nazarda tutilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog