Oʻzbekiston 2019-yilda 200 mingdan ortiq fuqarosini xorijda ishga joylashtirmoqchi

Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019-yilda mamlakatning 200,4 ming fuqarosini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirishni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining muhokama uchun chop etilgan qarori loyihasida soʻz yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: Google Images

Aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish dasturi doirasida kelgusi yilda 952,1 ming kishini ish bilan taʼminlash, jumladan, 413 mingta yangi ish oʻrni yaratish va 338,7 ming kishining bandligini taʼminlash belgilangan.

Qaror loyihasida 273,4 ming norasmiy bandlarni rasmiy bandligini (legallashtirish) taʼminlash koʻzda tutilgan. 2021-yilga qadar rasmiy bandlik sektorini hozirgi 59,8 foizdan 65 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog